Toshkent sh., Sh.Abzalov ko'chasi, 7, 100055 (+998-71) 249 91 20 logistika@adbl.uz

Loyiha Haqida

"O'zbekiston omborlari va logistika markazlari" axborot tizimi

O'zbekiston Logistika Uyushmasi "O'zbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli platformasi ko'rinishida yangi axborot logistika xizmatini ishlab chiqdi va O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarning tadbirkorlariga taqdim etdi.

Transport va logistika sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, fan, ta'lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish dasturlarini amalga oshirish bilan bog'liq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlarini bajarish maqsadida O'zbekiston Logistika Uyushmasi tomonidan " O'zbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli platforma yaratildi.

Raqamli platformaning asosiy vazifasi milliy va tashqi savdo va ishlab chiqarish kompaniyalarining O'zbekistondagi ombor va logistika markazlari xizmatlariga tobora ortib borayotgan talabini qondirishdir.

"O'zbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli platforma butun respublikada mavjud bo'lgan va qurilayotgan omborlar va logistika markazlarining joylashuvi to'g'risida ma'lumotlarni yig'moqda.

O'zbekiston va xorijiy davlatlar tadbirkorlari omborning yoki logistika markazining tovarlarning assortimenti bo'yicha ixtisoslashganligi (qishloq xo'jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika, farmatsevtika va boshqalar), shuningdek, yopiq va tashqi omborxonalar hududida, shu jumladan qishloq xo'jaligi mahsulotlari va tez buziladigan tovarlarning sovutish kameralarida bo'sh joy mavjudligi to'g'risida ma'lumot olishlari mumkin.

Ushbu platforma bo'sh joydan maksimal darajada foydalanish uchun omborlar va logistika markazlari egalariga ham, o'z tovarlarini joylashtirish va saqlash uchun bo'sh joy izlayotgan tadbirkorlarga ham birdek xizmat qiladi, bu esa qidiruv vaqtini va qo'shimcha xarajatlarni kamaytiradi.

Shu bilan birga, omborlarni, ombor uskunalarini va yuk tashish uskunalarini sotish, ijaraga olish va sotib olishni hamda saqlash uchun arizalarni qabul qilishni ta'minlaydigan "Maxsus takliflar" degan alohida funktsiya taqdim etilmoqda.

Ushbu axborot platformasi "Bir oyna" tamoyillariga javob beradi, bu erda transport va savdo logistika jarayonining ishtirokchilari elektron shaklda, bir joyda, tovarlarni saqlash bilan bog'liq bo’lgan kerakli ma'lumotlarni va xizmatlarni olishlari mumkin.

Ushbu axborot manbai ishlab chiqarish va savdo kompaniyalari, yuk egalari va transport kompaniyalari-tashuvchilar, shuningdek tovarlarni ekspeditorlik, sug'urta qilish va bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog'liq qator xizmatlarni ko'rsatuvchi tashkilotlar uchun foydali bo'ladi.

Yaratilgan raqamli platforma samarali transport va ombor xizmatlarini tashkil etishga, raqobat muhitini yaratishga va transport-logistika kompaniyalari faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratishga, shuningdek yuk tashish tizimini takomillashtirishga va rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Arzon narxlarda va yuqori darajada keng turdagi xizmatlarni taqdim etadigan omborlar va logistika markazlariga muhtoj bo'lgan har bir kishi "O'zbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli platformasiga murojaat qilishi va kerakli ma'lumotlarni vositachilarsiz, birinchi qo’ldan olishlari mumkin.

docx file PDF